Font-sizeA A A
Site colors:AA

6,5 MLRD SO‘M KREDIT OLIB MEHMONXONA QURGAN TADBIRKORNING BINOSI HOKIMIYAT TOMONIDAN BUZIB TASHLANDI

Har bir tadbirkor bilan «Siz» deb gaplashamiz. Odamlar boy bo‘lmasa, davlat boy bo‘la olmaydi. Tadbirkor bo‘lish, pul topish va bank bilan ishlash oson emas. Uning uchun o‘qish kerak, qo‘lga qalam olish kerak», - deb aytgan edi prezidentimiz  Shavkat Mirziyoyev o‘z ma'ruzalaridan birida.

Prezidentning tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosati o‘laroq, tadbirkorlarga iqtisodiyotni rivojlantirishdagi bo‘g‘in sifatida qarala boshlandi. Masalan, ular biror sohada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi, davlatga soliqlar to‘lanadi va davlatda pul aylanishining salmog‘i yanada ortadi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda tadbirkorlarning o‘rni juda muhim hisoblanadi.

Biroq, hamon joylarda yangicha siyosat mazmunini tushunmay kelayotgan mansabdor shaxslar uchrab turibdi. Yaqinda Kun.uz tahririyatiga Xorazm viloyatidan murojaat kelib tushgandi. Unda turizmni rivojlantirish maqsadida tadbirkor qurayotgan mehmonxona binosi hech qanday asoslarsiz buzib tashlangani aytilgandi. Ushbu  murojaatni joyiga borib o‘rganishga qaror qildik.

Tadbirkorning aytishicha, loyihani amalga oshirish uchun Xalq bankidan 6,5 milliard so‘m kredit olingan. Shu vaqtga qadar binoni ko‘tarish uchun 4 milliard so‘mga yaqin kredit va 1 milliard so‘mdan ortiq o‘z hisobidan mablag‘ sarflangan.

Feb 1, 2019
223