Font-sizeA A A
Site colors:AA

"Farg`ona sinov va sertifikatlashtirish markazi" DK O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-oktabrdagi 342-sonli "Standartlashtirish, metrologiya, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish" to`g`risidagi qaroriga muvofiq tashkil etilib, "O`zstandart" agentligi tarkibiga kiritildi. Markaz O`zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to`g`risida"gi, "Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida"gi, "Metrologiya to`g`risida"gi, "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida"gi "Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to`g`risida"gi "Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida"gi "Muvofiqlikni baholash to`g`risida"gi va "Texnik jihatdan tartibga solish to`g`risida"gi qonunlari, hamda Vazirlar Mahkamasining 318-sonli va 122-sonli qarorlari ijrolarini ta'minlash bo`yicha ishlar olib boradi.

Bugungi kunda markazda sertifikatlashtirish idorasi (oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlari,kimyoviy va polimer mahsulotlari, qurilish va sanitariya-texnika mahsulotlari, elektrotexnika mahsulotlari va yengil sanoat,mashinasozlik mahsulotlari bo`yicha), sinov majmuasi, metrologiya va sifat tizimini joriy etish bo`limi faoliyat ko`rsatmoqda.